====== "Hayatın Sözleri", "İyi Haberler", "Müjde Şarkıları" - Türkiye'de Konuşulan Bazı Diller / "Words of Life", "Good News", "Gospel Songs" - Some Languages Spoken in Turkey======
«
»
O'zbek:Janubiy - "So'zlar ning Hayot".mp4
MP4•หน้าโฮมของตอน
Manage episode 383862030 series 3528799
เนื้อหาจัดทำโดย Turker Words of Life 1 เนื้อหาพอดแคสต์ทั้งหมด รวมถึงตอน กราฟิก และคำอธิบายพอดแคสต์ได้รับการอัปโหลดและจัดหาให้โดยตรงจาก Turker Words of Life 1 หรือพันธมิตรแพลตฟอร์มพอดแคสต์ของพวกเขา หากคุณเชื่อว่ามีบุคคลอื่นใช้งานที่มีลิขสิทธิ์ของคุณโดยไม่ได้รับอนุญาต คุณสามารถปฏิบัติตามขั้นตอนที่แสดงไว้ที่นี่ https://th.player.fm/legal
Özbek: Güney - " Hayat ile ilgili Kelimeler".mp4 / Uzbek:Southern - "Words of Life".mp4 // ISHAYO 5213Egam aytar: “Mana, Mening qulim yashnaydi, U koʻtarilib, yuksaladi, Gʻoyat balandga koʻtariladi.14Ilgari uning qiyofasi shunday badbashara ediki, Inson zotiga oʻxshash joyi qolmagan edi. Shu bois koʻplar uning oldida dahshatga tushdi,15Endi esa u koʻp xalqlarni hayratda qoldiradi, Uni deb shohlar ham lol boʻlib qoladi. Axir, ular bilmagan narsalarni koʻradilar, Eshitmaganlarini anglab yetadilar.”====================== ISHAYO 53 1Bizning xabarimizga kim ishondi? Egamizning qudratli kuchi kimga ayon boʻldi?2Egamizning quli Egamiz oldida yangi koʻchatday, Quruq tuproqdagi ildizday oʻsdi. Bizni oʻziga jalb qiladigan Goʻzallik, ulugʻvorlik unda yoʻq edi. Bizni oʻziga rom etadigan Hech bir jozibasi yoʻq edi.3Odamlar undan nafratlandilar, uni rad etdilar. U qaygʻu, azob–uqubat nimaligini bilardi. Hamma undan yuz oʻgirdi, undan hazar qildi. Biz uni odam qatorida sanamadik.4Ha, dardlarimizni u oʻziga oldi, Ogʻriqlarimizni u oʻz zimmasiga oldi. Biz esa oʻyladik: “Uni Xudo urgan, Alamdiyda, jabrlangan u!”5U esa bizning gunohlarimizni deb yarador boʻldi, Bizning ayblarimiz tufayli ezildi. Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi.6Hammamiz qoʻylarday yoʻldan adashdik,Hammamiz oʻz yoʻlimizdan ketdik. Hammamizning ayblarimizni Egamiz uning zimmasiga yukladi.7U jabr koʻrdi, oʻzi uqubat chekdi, Ammo miq etmadi, ogʻzini ochmadi. Boʻgʻizlanishga olib borilgan qoʻziday, Jun qirquvchi oldida jim turgan qoʻyday U miq etmadi, ogʻzini ochmadi.8Hukm bilan, kuch bilan olib ketildi. Uning nasli haqida kim oʻylaydi? Tiriklar yurtidan u uloqtirildi, Xalqimizning gunohi tufayli unga zarba tushdi.9Garchi u yovuzlik qilmagan boʻlsa ham, Ogʻzidan yolgʻon soʻz chiqmagan boʻlsa ham, Unga yovuzlar qatori qabr berilgandi, Ammo oʻlganda u boylar yoniga qoʻyildi.10Egamiz Oʻz qulini ezishni, azoblashni maʼqul koʻrdi. Shunday boʻlsa ham, Egamizning quli oʻz naslini koʻradi, Uzoq umr kechiradi, Chunki u oʻzini gunoh uchun nazr qildi. U orqali Egamizning xohishi bajo boʻladi.11Chekkan azoblarining natijasini koʻrib, U mamnun boʻladi. Mening solih qulim oʻz bilimi tufayli Koʻpchilikni oqlab, ularning aybini oʻziga oladi.12Shu bois buyuklar qatorida unga ulush beraman, U kuchlilar bilan oʻljalarni boʻlishadi. Axir, u oʻzini oʻlimga tutib berdi, Gunohkorlar qatorida sanaldi. Koʻplarning gunohini u oʻziga oldi, Gunohkorlar uchun vasiylik qildi.
…
continue reading
81 ตอน